Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov Navoiy shahar Xonchorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat J. Hafizov saylovchilar oldida 2025 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Xususan, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish borasida olib borilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng fuqarolarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish ishlari, yoshlar va xotin-qizlar bandligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha savollar berildi. Deputat mazkur savollarga atroflicha javob berib, ayrim masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilishini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar deputatning ochiq muloqoti va muammolarga befarq bo‘lmagan yondashuvini ijobiy baholab, bunday uchrashuvlar aholi bilan deputat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashini ta’kidladilar.

Slide 1 of 6