Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
Sport tadbiri tashkillashtirildi.
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Bo‘stonliq tumani hokimligida “Sea Breeze Uzbekistan” investitsiya loyihasi yuzasidan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xatlov ishlarini tashkillashtirish boʻyicha tushuntirishlar berildi.
янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Deputatlar targ‘ibot tadbirlarida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga saylangan deputatlar tomonidan saylangan hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini fuqarolarga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Unda ilgari surilgan ustuvor vazifalar chuqur o‘rganilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari Kenjayeva Mazluma va Tangirov Tursunqullar “Oriyat”, “Yangiyer” mahallalarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, so‘nggi yillarda erishilgan natijalar hamda kelgusidagi asosiy yo‘nalishlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha tushuntirib berildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning joylarda samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 7