Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Mirobod tumanida og‘ir sharoitda yashab kelayotgan ikki nafar ayolga yangi xonadon kalitlarini topshirdilar

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan joylardagi rahbarlar zimmasiga xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar yuklatilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Mirobod tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga ko‘maklashish hamda ularning muammolarini tizimli hal etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Konstitutsiya bayrami arafasida uzoq yillar davomida og‘ir sharoitda kun kechirgan ikki oilaning hayotida yangi sahifa ochildi.

Tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Bobur Abdullayev va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyat mudiri Avaz Karimov tomonidan:

🔵 Ko‘zi ojiz, 1-guruh nogironi, 2 nafar farzandi bor, boquvchisini yo‘qotgan Muxayyo Ergashevaga,

🔵shuningdek, turmush o‘rtog‘i afg‘on urushi qatnashchisi bo‘lgan, 2-guruh nogironi Gulnora Nazarovaga Mirobod tumanida joylashgan yangi ikki xonali xonadonlar kalitlari tantanali tarzda topshirildi.

Tuman hokimligi xonadon egalariga yangi uylar kalitlarini topshirar ekan, ularga bundan buyon farovon va tinch hayot kechirishlarini tiladi.

Slide 1 of 6