Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va mahalla ettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat mahallada-muammolar yechimi sari
янв.21
Bo‘ston tumanida “Deputat mahallada” loyihasi amalda
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining navbatdagi 7-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Ogohlik-davr talabi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining kengaytirilgan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” Davlat dasturi ijrosi Bo‘ston tumanida amalda
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglaridagi umumta’lim maktablarida PQ-53-sonli qarori ijrosi yuzasidan bitiruvchi o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 31-yanvardagi 22-sonli qarori ijrosi Bo‘ston tumanida amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlari saylovchilar oldida axborot bermoqda.
TUMANDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HAMDA DAVLAT TASHKILOTLARINING HUQUQNI QOʻLLASH AMALIYOTI BOʻYICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI.

Yigʻilishda, doimiy komissiya aʼzolari, tuman ichki ishlar boʻlimi va tuman adliya boʻlimi vakillari ishtirok etishdi.

Tumanda 2025-yil I choragida jami 38 ta jinoyatlar qayd etilgan. Shundan, tezkor yoʻllar bilan aniqlangan jinoyatlar 11 tani, oldini olish mumkin boʻlgan 16 tani va axborot texnologiyalar orqali sodir qilingan jinoyatlar 11 tani tashkil qilgan.

Shuningdek, tumanda yengil tan jarohati yetkazish va oʻgʻrilik 1 ta yoki 50 foizga, firibgarlik 2 ta qayd qilinib, 60 foizga kamaygan. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda profilaktik ishlar yetarli boʻlmaganligi oqibatida tan jarohati bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl transport hodisalari 4 tani va ogʻir tan jarohati yetkazish 1 taga qayd qilindi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan koʻpayishiga yoʻl qoʻyilgan.

Oʻtkazilgan maxsus tezkor tadbirlar natijasida 3 ta giyohvandlik xolatlari, 2 ta poraxoʻrlik, 1 ta qimorxona tashkil etish va 5 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlandi. Jinoyat sodir qilib qidiruvda boʻlgan 3 nafar shaxslar ushlanib, tergov organlariga topshirilgan.

Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari koʻrilishi natijasida mahallalardan “qizil” toifaga tushmadi. Ammo sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni oldini olishda yetarli ishlar tashkil etilmaganligi oqibatida “Charmgaron”, “Bozorjoyi” “Kumushkent” va “Teraklik” mahallalari “Sariq” toifaga va qolgan 40 ta mahallalar “Yashil” toifaga kiritilgan.

Tumanda 2025-yil I chorak davomida jami 287 ta normativ-huquqiy hujjatlar elektron shaklda kelib tushgan boʻlib, mazkur normativ-huquqiy hujjatlar 26 ta tuman darajasidagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va tashkilotlariga hamda 44 ta mahalla fuqarolar yigʻinlariga yetkazilgan.

Ushbu yetkazilgan normativ-huquqiy hujjatlardan 35 tasi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, 83 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, shundan, 24 ta Farmon, 59 ta qaror, 94 tasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda 74 tasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining tegishli hujjatlari, tashkil qiladi.

Norma ijodkorligi sohasida qonunchilikni takomillashtirish borasida boʻlim tomonidan 2 ta taklif kiritilgan.

Xususan, 2025-yil I choragi davomida joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida jami 800 tadan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 300 tadan ortiq ijtimoiy-iqtisodiy sohada, 400 tadan ortiq inson huquqlarini himoya qilish hamda 50 tadan ortiq davlat xizmatlarini koʻrsatish sohalarida aniqlangan.

Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib oʻtishdi. Mazkur masalalar tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan.


 

Slide 1 of 4