Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
DEPUTATLIK GURUHINING MANSABDOR SHAXS ESHITUVI

DEPUTATLIK GURUHINING MANSABDOR SHAXS ESHITUVI

O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi deputatlik guruhi tashabbusi bilan "Deputatlik guruhi" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yigilishda “Adolat” SDP deputatlik guruhi deputatlari O.A.Dadajonova, N.M.Isakov, F.S.Mirzayev, A.A.Erkaboyev, A.I.Alobidinov, “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.A.Karimovlar ishtirok etdilar. 

Ushbu mansabdor shaxs eshituvida tuman prokuraturasi, tuman IIB tomonidan “Tumanda voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi bo‘yicha 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2023-yil yakuni bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi axborotlari hamda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan “”Yoshlar balansi” asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarini hususiyatlaridan kelib chiqib, yoshlar bilan individual ishlash tizimi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar”, “Farg‘ona tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan” mas’ullarning hisobotilari eshitildi.

Yig‘ilish yakunida tuman prokuraturasi, tuman IIB, tuman maktabgacha va maktab ta’lim hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi bilan hamkorlikda 2023-yilning 2-yarim yilligi bo‘yicha Tumanda voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va bu bilan tumandagi voyaga yetmaganlar, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma berilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1