Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi

Sharof Rashidov tumanidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi qizlar ishtirokida “Erta nikoh va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Akbarova Shoira O‘ktamovna hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Mamayunusova ishtirok etdi.
Suhbat davomida qizlarning ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, kelajakdagi hayot yo‘lini ongli ravishda belgilashi hamda o‘z huquq va manfaatlarini bilishi muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, erta nikoh va erta tug‘ruqning huquqiy, ijtimoiy hamda salomatlik bilan bog‘liq oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
O‘quvchi qizlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1