Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
YASHNOBOD TUMANIDAGI “TASHISTI” MAHALLASIDA ELEKTR, GAZ VA KO‘CHA YORITISH TIZIMLARI HOLATI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ YASHNOBOD TUMANIDAGI “TASHISTI” MAHALLASIDA ELEKTR, GAZ VA KO‘CHA YORITISH TIZIMLARI HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari O. Muminov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov va Sevara Fayziyeva birgalikda Yashnobod tumanidagi “Tashisti” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga tashrif buyurib, kommunal infratuzilma holati, elektr va gaz ta’minoti, ko‘cha yoritish tizimlari hamda aholining mavjud muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida mahallaning Tuzel-1 ko‘chasida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida SIP kabellarini tortish va beton elektr ustunlarini o‘rnatish, shuningdek, Abay bo‘sh ko‘chasida elektr energiyasi ta’minotini barqarorlashtirish uchun yangi transformator punktini o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqildi. Mazkur hududlarda elektr tarmoqlarining mavjud holati, texnik imkoniyatlar hamda zarur infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

🔺 Shuningdek, Tuzel-1 ko‘chasi boshida joylashgan GTP14-4-456-sonli gaz taqsimlash punktining ichki jihozlari bo‘yalmaganligi va xatlov kitobi to‘ldirilmaganligi aniqlanib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, gaz taqsimlash punktini belgilangan texnik talablarga muvofiq tartibga keltirish yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi.

💡 Mahallaning Arg‘in ko‘chasida ko‘cha yoritish chiroqlari mavjud bo‘lmagan hududlar ham o‘rganilib, mahalla raisi bilan hamkorlikda tegishli xatlov ishlarini tashkil etish hamda zarur joylarga quyosh panellari asosida ishlovchi yoritish uskunalarini o‘rnatish masalasi muhokama qilindi. Shu bilan birga, mahalladagi xonadonlarning suv tarmoqlaridan foydalanish holatini vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish zarurligi qayd etildi.

📋 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Yashnobod tuman elektr tarmoqlari, gaz ta’minoti hamda ko‘cha yoritish tizimiga mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, elektr tarmoqlarini tartibga keltirish, yangi transformator punktini o‘rnatish masalasini hal etish, gaz taqsimlash punktidagi kamchiliklarni bartaraf etish va yoritilmagan hududlarda zarur choralarni ko‘rish vazifalari yuklatildi.

⚖️ Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda ularning ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlarni taqdim etish mas’ul ijrochilar zimmasiga yuklatildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10