Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
📑 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining 2026-yil 5-oktabrdagi VII-24-70-3-53-K/26-son qarori bilan tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik asosida ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi.
📌 Qaror asosida ishchi guruhlarga:
aniqlangan qonunbuzilish holatlari haqida vakolatli davlat organlarini xabardor qilish;
aholiga yer uchastkalari va ularda qurilgan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibini tushuntirish;
avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantirilgan ma’lumotlarni kuzatib borish;
zarur hollarda fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish
вазифалари yuklatildi.
⚖️ Mazkur ishlar O‘RQ-937-son Qonun hamda unga 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ-1153-son Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida amalga oshiriladi. 

Slide 1 of 4