Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
TOSHKENT SHAHRIDA YONG‘INLAR SONI VA ULARNING OQIBATIDA YETKAZILGAN MODDIY ZARARNI KAMAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#SAVOL_JAVOB #19_1_Modda_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi

❗️ TOSHKENT SHAHRIDA YONG‘INLAR SONI VA ULARNING OQIBATIDA YETKAZILGAN MODDIY ZARARNI KAMAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Razikov Dilshod Baxtiyerevichga poytaxtda sodir bo‘layotgan yong‘inlar, ularning oqibatida yetkazilayotgan moddiy zarar hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savol yo‘lladi.

🗣 SAVOL: Deputat Otabek Jiyanboyev Toshkent shahrida 2026-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni va ular oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 2025-yilning mos davriga nisbatan qanday o‘zgargani, shuningdek, bino va inshootlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Dilshod Razikovga savol yo‘lladi.

🔺 JAVOB: Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Dilshod Razikov mazkur masalalar yuzasidan ma’lumot berib, 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida poytaxtda sodir bo‘lgan yong‘inlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamayganini ma’lum qildi.

📝 Jumladan, 2025-yilning to‘qqiz oyida Toshkent shahrida 615 ta yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 69 taga kamayib, 546 tani tashkil etgani qayd etildi.

💡 Shuningdek, yong‘inlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori ham sezilarli darajada kamaygani ta’kidlandi. Xususan, 2025-yilning to‘qqiz oyida 22 milliard 207 million so‘mdan ortiq moddiy zarar qayd etilgan bo‘lsa, 2026-yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 3 milliard 605 million so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

♻️ Bundan tashqari, 2026-yilning birinchi yarim yilligida Toshkent shahri hududidagi bino va inshootlarda 22 ta yong‘in xavfsizligi auditi o‘tkazilib, 2 234 ta yong‘in xavfsizligi talablariga zid holat va kamchilik aniqlangani ma’lum qilindi.

🔎 Audit natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar rasmiylashtirilib, obyekt mulkdorlariga taqdim etilgani, belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan kamchiliklar bo‘yicha esa qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rilishi qayd etildi.

✅ Mazkur masalalar yuzasidan yong‘inlarning oldini olish, bino va inshootlarda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha nazorat ishlarini kuchaytirish muhimligiga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1