Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligini ta’minlash holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, mavjud muammolarini aniqlash, ularni tegishli ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, ehtiyojidan kelib chiqib individual yondashuv asosida yordam ko‘rsatish ishlari o‘rganildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda manzillilik va individual yondashuv tamoyillariga rioya etilishi, zarur hollarda ularni tibbiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni aniqlash, ularning murojaatlari va ehtiyojlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishning samaradorligi ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, markaz faoliyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va ularga yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarning o‘z huquqlaridan xabardorligini oshirish hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda ularning murojaatlarini faqat rasmiy ko‘rib chiqish bilan cheklanib qolmasdan, har bir holatni manzilli o‘rganish, mavjud muammoning sabablarini aniqlash va amaliy yechim topishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1