Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT: AHOLI HUQUQIY MANFAATLARI YO‘LIDA HAMKORLIK

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularga bepul huquqiy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi hamkorlik izchil davom ettirilmoqda.
🇺🇿 Mazkur hamkorlikning amaliy jihatlarini yanada kuchaytirish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna hamda Parkent tumani “Madad” NNT byurosi bosh mutaxassisi Baxtiyor Umarbekov ishtirokida ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuvda aholining huquqiy muammolarini o‘rganish, fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish va murojaatlarni qonuniy asosda hal etishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
👌 “Madad”ning aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ushbu xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
🔵 Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi:
🔵 ajrim va oilaviy masalalar;
🔵 aliment undirish;
🔵 uy-joy bilan bog‘liq masalalar;
🔵 meros masalalari bo‘yicha huquqiy maslahatlarni tashkil etmoqda.
🔵 Bir kunda 20 tadan ortiq murojaat kelib tushayotgani fuqarolarning huquqiy maslahat va amaliy yordamga bo‘lgan ehtiyoji yuqoriligini ko‘rsatadi.
📚 2026-yil boshidan buyon 6 168 ta huquqiy maslahat berilgan. Shuningdek, fuqarolar uchun 191 ta huquqiy hujjat tayyorlanib, bepul yuridik xizmatlar ko‘rsatilgan.
📌 Bu ko‘rsatkichlar aholiga huquqiy yordamni bevosita va qulay shaklda yetkazish, fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishida bunday hamkorlikning amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.
📌 Uchrashuv davomida Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish, qonunchilik bo‘yicha seminar va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, kelgusida sayyor huquqiy qabullarni o‘tkazish, deputatlarning saylov okruglaridagi fuqarolar bilan uchrashuvlarida “Madad” NNT vakillarining ishtirokini ta’minlash hamda murojaatlarni joyida o‘rganish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
📌 Qonunlar va Kengash qarorlarining joylarda ijrosini o‘rganish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan huquqiy masalalarni tahlil qilish va ularni qonuniy asosda hal etishga ko‘maklashish borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish belgilandi.
‼️ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi va “Madad” NNT hamkorligining asosiy maqsadi — aholiga huquqiy yordamni yanada yaqinlashtirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishdir.
⚖️ Huquqiy yordam — fuqarolar manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasi!
✅ Kengash va “Madad” NNT — aholi manfaatlari yo‘lida hamkorlikda!