Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
📌 Doimiy komissiya faoliyati bilan tanishing!

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida "Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya faoliyat yuritadi. U Kengash ishining tartibi va deputatlarning mas’uliyati bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.

📋 Deputat vakolatlari. Deputat vakolatlarini muddatidan oldin tugatish, chaqirib olish va javobgarlikka tortishga rozilik berish masalalarini dastlabki ko‘rib chiqadi.

📖 Kengash reglamenti. Reglament loyihasini ishlab chiqadi, o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, normalarga rioya etilishini nazorat qiladi.

🤝 Deputatlik odob-axloqi. Deputatlarning odob-axloq qoidalari loyihasini ishlab chiqadi, ularni buzish holatlarini ko‘rib chiqib, xulosa taqdim etadi.

🗂 Komissiyalar tuzilishi. Doimiy va muvaqqat komissiyalarni tashkil qilish va tugatish masalalarini dastlabki ko‘rib chiqadi.

✉️ Saylovchilar shikoyatlari. Saylovchilarning deputatlar odob-axloq qoidalarini buzishiga oid shikoyatlarini ko‘rib chiqadi.

📝 Qarorlar va tavsiyalar. Vakolatiga oid masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda Kengash qarorlari loyihalarini sessiyaga kiritadi.

📄 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 31-oktabrdagi KQ-846-IV-son qaroriga ilova.

Slide 1 of 1