Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#19_1_Modda_ijrosi

❗️ CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Jamila Shermuxammedova, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari va a’zolari hamda Toshkent shahar madaniyat boshqarmasining mutasaddi xodimlari ishtirokida Chilonzor tumanidagi 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining bugungi faoliyati, o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, bolalarning musiqa va san’at yo‘nalishlarida ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda maktabning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishildi.

🎼 Xususan, maktabning musiqa asboblari va o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud jihozlarning holati, o‘quv xonalarining qulayligi hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, muassasaning bino va inshootlari holati, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

🎶 Jarayon davomida o‘rganish ishtirokchilari maktabning yosh va iste’dodli o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan ijodiy ishlar bilan tanishib, ularning ijrosidagi kuy va musiqiy chiqishlardan bahramand bo‘ldi. Yosh iste’dodlarning san’atga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy izlanishlari va erishayotgan yutuqlari e’tirof etilib, ularning iste’dodini yanada rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

📝 O‘rganish jarayonida maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbatlashilib, o‘quv dasturlarining tashkil etilishi, pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik, ularning malakasini oshirish hamda yosh mutaxassislarni sohaga jalb etish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🎹 Shu bilan birga, iste’dodli va ijodkor yoshlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, o‘quvchilarni respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov hamda festivallarga jalb etish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi.

♻️ Ayniqsa, bolalarning musiqa va san’at ta’limi bilan qamrab olinishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash va ular uchun qulay ta’lim muhitini shakllantirish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.

📚 Shuningdek, maktabda tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari, ko‘rik-tanlovlar va festivallar, ularning yosh avlodni milliy qadriyatlar, madaniyat va san’atga hurmat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

🔍 O‘rganish davomida muassasa faoliyatiga oid tashkiliy-huquqiy, moliyaviy, moddiy-texnik, kadrlar va o‘quvchilar bilan ishlash yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan savolnoma asosida tegishli masalalarga e’tibor qaratildi. Maktab faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud sharoitlarni yaxshilash hamda bolalar uchun sifatli musiqa va san’at ta’limini ta’minlashga doir taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

💡 Mazkur o‘rganishlar madaniyat va san’at ta’limi muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimlari yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10