Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
🏘 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi

🏘 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Uyg'ur MFYda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasidagi faoliyat o‘rganildi.

⚜️ O‘rganish davomida hokim yordamchisining fuqarolar bilan ishlash holati, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

⚜️ Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun zarur ko‘mak ko‘rsatilayotgani, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, daromad manbalarini yaratish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga ko‘maklashish borasidagi ishlar o‘rganildi.

⚜️ Kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

⚜️ Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi va natijadorligini nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

❗️ Asosiy maqsad — har bir xonadon bilan manzilli ishlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, aholini kambag‘allikdan chiqarish va ularning daromadlarini oshirishga amaliy ko‘maklashish.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3