Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
🌿 HURMATLI USTOZ VA MURABBIYLAR!

 HURMATLI USTOZ VA MURABBIYLAR!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Ustozlik — inson qalbiga ilm ziyosini olib kirish, kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lishdek yuksak va sharafli mas’uliyatdir.

Sizlarning mehnatingiz, sabringiz va fidoyiligingiz tufayli yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar bilimli, vatanparvar va komil insonlar bo‘lib voyaga yetmoqda.

Har bir yutuq ortida ustozning mehnati, har bir ezgu qadamda uning bergan sabog‘i bor.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va qadrli ustozlar!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich!

Slide 1 of 1