Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#11_band
#deputat_faoliyati

✅Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi

✅Bandixon tumanida ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini monitoring qilish va o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 16-"Qaldirg‘och" saylov okrugi deputati D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Qaldirg‘och" MFYda bo‘lib, “Qaldirg'och” mahallasida joylashgan 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

✅O‘rganish jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi”ning 11-bandi — ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga shayligi va isitish tizimi holatiga bag‘ishlandi. Tashrif davomida maktab qozonxonasi, sinf xonalarini isitish tizimlari, zaxiradagi ko‘mir yoqilg‘isi va muqobil energiyaga moslashgan jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi.

✅Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish mavsumini bexato o‘tkazish va ta’lim maskanida zarur shart-sharoitlarni to‘liq ta’minlash yuzasidan maktab rahbariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4