Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi

Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi

Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlashga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni Uzun tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi Dilorom Safarova kirish so'zi bilan ochib berdi.

Shundan so'ng komissiya a’zolari ishtirokida tuman prokurori hamda tuman IIB boshlig'ining bu borada amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborotlari tinglandi.

Tadbir davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va ularga qarshi murosasiz muhitni yaratish;
Huquq-tartibot idoralari va jamoatchilik vakillari o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish;
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tuyg'usini singdirish.

Yig'ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.