Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda

Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda

❗️ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlik faoliyati doirasida navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta o‘rganish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov hamda tumani Kengashi bosh mutahassisi Sh.Sidikovalar tomonidan tuman O‘rtachirchiq tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi masala o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va ishga joylashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Ish izlayotgan fuqarolar bilan ishlash, aholini doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, mehnat bozoridagi mavjud holat, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3