Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining Media-rejasiga muvofiq, tuman deputatlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Kengash kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, tuman deputatlari A.Amanlikov, E.Erkaboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi Boyovut tumani bo‘limi rahbari A.Jabarov ishtirok etdi.

Muloqot davomida Kengash kotibiyat mudiri X.Berdiyarova mahalliy Kengash deputatlarining mahallalarda aholi turmush darajasini yaxshilash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berdi.

Xususan, bugungi kunda tuman Kengashida 25 nafar deputat faoliyat yuritayotgani, deputatlar o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan muntazam muloqot qilib, ularning murojaatlari, muammo va takliflarini o‘rganib, ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashabbuslarni ilgari surayotgani ta’kidlandi.

Joriy yil boshidan buyon deputatlar tomonidan fuqarolardan kelib tushgan masalalar yuzasidan 166 ta deputat so‘rovi tegishli tashkilot va mas’ullarga yuborilgani hamda ularning 63 tasi ijobiy hal etilgani qayd etildi. Bu boradagi ishlar deputatlarning saylovchilar bilan bevosita muloqotini kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashdagi amaliy faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng tuman deputati A.Amanlikov tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga to‘xtalib, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan mehnat sharoitlari haqida ma’lumot berildi. Yoshlarni o‘z qiziqish va qobiliyatlariga mos kasb-hunar egallashga, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirildi.

Muloqot davomida 2 nafar yosh ish bilan ta’minlash masalasida murojaat qildi. Murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Boyovut tumani bo‘limi rahbari A.Jabarov tomonidan murojaat qilgan yoshlardan birining hozirda oliy ta’lim muassasasining 5-bosqichida tahsil olayotgani ma’lum qilinib, o‘qishni tamomlagach, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olindi.

Uchrashuv davomida tuman deputati E.Erkaboyev yoshlarga murojaat qilib, kasb tanlash masalasiga mas’uliyat bilan yondashish, shoshilmasdan o‘z qiziqishi va qobiliyatini to‘g‘ri baholash, zamonaviy hamda kelajakda talab yuqori bo‘ladigan kasblarni tanlab, puxta bilim va ko‘nikmalarni egallash muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Yoshlar ishlari agentligi Boyovut tumani bo‘limi rahbari A.Jabarov uchrashuvni mazmunli va ochiq muloqot ruhida tashkil etgani uchun tuman deputatlariga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, yoshlar bilan bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borish, ularning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish muhimligini ta’kidlab, kelgusida ham hamkorlikdagi muloqotlarni davom ettirishni taklif etdi.

Samimiy suhbat, ochiq fikr almashinuvi va yoshlarning takliflariga e’tibor qaratilgani uchrashuv ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.

Slide 1 of 9