Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
BOG‘ISTON MAHALLASIDA YARATILGAN SHAROITLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

BOG‘ISTON MAHALLASIDA YARATILGAN SHAROITLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

⏺ Bog‘iston mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilayotgan e’tibor doirasida mahallaning yangi foydalanishga topshirilgan binosidagi sharoitlar o‘rganildi.

🇺🇿 Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umid Yakubxo‘jayev hamda Oliy Majlis deputati yordamchisi Mirabbos Mansurov ishtirok etdi.

📇 O‘rganish davomida mahalla binosining faoliyati, unda “mahalla yettiligi” a’zolari uchun yaratilgan ish sharoitlari va aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, mahalla raisidan tortib, mahalla bankiri faoliyat yuritishi uchun ajratilgan xonalargacha bo‘lgan ish joylari va ulardagi sharoitlar bilan tanishildi.
Jarayon davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Binoga kirish-chiqish, fuqarolarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratilgani, aholining barcha qatlamlari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

📁 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi hamda mahalliy Kengash deputatlarining eng muhim 24 talik tavsiyalari asosida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. Mazkur Qonunning 7-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularning qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi belgilangan.

📝 O‘rganish yakunida mahallada aholiga, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini belgilangan vazifalar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📈 Bugungi kunda mahalla fuqarolarga eng yaqin bo‘g‘in sifatida aholining muammolarini o‘rganish, ularni manzilli hal etish va fuqarolarga qulay sharoit yaratishda muhim o‘rin tutmoqda. Shu bois mahalla binolarining zamonaviy va qulay sharoitlar bilan ta’minlanishi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6