Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi

 Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi 

  

Bozorboshi MFYda aholi uchun tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida investitsiya loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. 2026-yil Investitsiya dasturi doirasida “DOKTOR MAMATISAQOV KLINIKASI” MCHJ tomonidan zamonaviy xususiy klinika tashkil etildi. Loyiha qiymati — 1 000 mln so‘m. Mazkur loyiha natijasida mahallada: 14 ta yangi ish o‘rni yaratildi;
klinikada 12 ta xona tashkil etildi;
bir
vaqtning o‘zida 20 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyati
yaratildi.
Klinikada
aholiga tibbiy xizmatlarni qulay va zamonaviy sharoitlarda ko‘rsatish uchun
zarur imkoniyatlar yaratilgan. Yangi tibbiyot muassasasining tashkil etilishi
nafaqat mahalla aholisi uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytiradi, balki hududda bandlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi.
 

   

Slide 1 of 4