Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
Olmazor tumani “Chustiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 67-sonli ko‘p qavatli uyga tutash ichki yo‘llar, mazkur uy xonadonlariga kirish yo‘laklari hamda binoning yerto‘la qismi ta’mirtalash yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi
Olmazor tumani “Chustiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 67-sonli ko‘p qavatli uyga tutash ichki yo‘llar, mazkur uy xonadonlariga kirish yo‘laklari hamda binoning yerto‘la qismi ta’mirtalash yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi

📝 Mazkur murojaat asosida xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati B.Nurmatov tomonidan Olmazor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari nomiga Mazkur murojaatlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida “Chustiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 67-sonli ko‘p qavatli uyga tutash ichki yo‘llar, mazkur uy xonadonlariga kirish yo‘laklari hamda binoning yerto‘la qismi ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi. Aholi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ayrim kirish yo‘laklarini o‘z kuchi bilan qisman ta’mirlagan bo‘lsa-da, mazkur obyektlarda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurati saqlanib qolmoqda. deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

📁 Deputatlik so‘roviga javoban, Boshqaruv organlari umumiy mulkni saqlash xarajatlarini amalga oshiradi. Biroq mulkdorlarning talabig ko‘ra umumiy mulkni ta’mirlash, mukammal ta’mirlash va qo‘shimcha ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi mulkdorlarning umumiy yig‘ilish qaroriga ko‘ra majburiy badal to‘lovlarini oshirish yo‘li orqali amalga oshirilishi Qonunda belgilab qo‘yilganligini inobatga olib, “Chustiy” mahallasi, 67-uyning yerto‘la va kirish yo‘laklarini ta’mirlash yuzasidan o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal etiladi

Mazkur masala tuman hokimligi tomonidan nazoratga olinib, belgilangan tartibda ishlar amalga oshirildi.

🔎 Ushbu masala deputat B.Nurmatov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.
Slide 1 of 1