Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
T2 KANALINI BETONLASH ISHLARI O‘RGANILDI

T2 KANALINI BETONLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov MFY hududidan o‘tuvchi T2 kanalida loyiha asosida amalga oshirilayotgan betonlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayoni mahalladagi “Yettilik” vakillari bilan birgalikda olib borilib, kanalni betonlash ishlarining borishi, belgilangan loyiha asosida bajarilishi hamda ishlarning sifati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur kanalning betonlashtirilishi hududdagi sug‘orish tizimini yaxshilash, suvning behuda sarflanishining oldini olish va qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘rganish davomida ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5