Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati bo’yicha

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati bo’yicha

O‘rmonchi mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati tuman Kengashi deputati Keldibekova Gulsara Xo’janovna tomonidan amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida mahalla aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiy yordamning o‘z vaqtida tashkil etilishi hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, tegishli choralar ko‘rish masalalari yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla aholisi uchun tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq va manfaatlarini ta’minlashdan iborat.