Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
🏛 AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏛 AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Norqulov tomonidan Fidokor mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
📌 Sayyor qabul davomida mahalla aholisining ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal-maishiy va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish imkoniyatlari va huquqiy asoslari atroflicha muhokama qilindi.
⚖️ Deputat tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish zarurligi ta’kidlandi.
🤝 Fuqarolar murojaati — xalq va davlat o‘rtasidagi muhim muloqot vositasi.

Slide 1 of 2