Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
MAHALLADA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zMTDP a'zosi Mavlonov Azam Qarshiyevich mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ichki va tashqi migratsiya masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, mazkur yo‘nalishlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va loyihalar ko‘rib chiqildi.
Tadbir davomida tadbirkorlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kredit mablag‘lari ajratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 2