Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining tavsiyalari ijrosiga bag‘ishlangan hududlar va tumanlar uchun mo‘ljallangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining tavsiyalari ijrosiga bag‘ishlangan hududlar va tumanlar uchun mo‘ljallangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

📌 Seminarda asosiy e’tibor qaratilgan masalalar:

✔️ PF–193-sonli Farmon ijrosi: 2026-yil 11-sentabrdagi Prezident Farmonida belgilangan barqaror ish o‘rinlarini yaratish, kichik biznesni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish vazifalari tahlil qilindi.

✔️ Deputatlik nazorati: Mablag‘larning qog‘ozdagi o‘zlashtirilishiga emas, balki har bir oilaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi va aniq amaliy natijaga erishilishiga qaratilishi ta’kidlandi.

✔️ Tuman va mahallalar kesimida ishlash: Deputatlar “mahalla yettiligi” bilan birgalikda ishchi guruhlar tuzib, ijtimoiy reyesterdagi oilalar bilan individual ishlashi, boqimandalik kayfiyatining oldini olishi bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

"Bizga obuna bo'ling!⬇️ "

"Bizni kuzatishda davom eting! 🌐"

📱 Telegram (https://t.me/farkengashrasmiy) |📱 Facebook (https://www.facebook.com/share/1NDKSni6Z5/) | 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@%D0%A4%D0%B0%D1%80%D2%93%D0%BE%D0%BD%D0%B0%D1%88%D0%B0%D2%B3%D0%B0%D1%80%D0%9A%D0%B5%D0%BD%D0%B3%D0%B0%D1%88%D0%B8) | 🌐 Instagram (https://www.instagram.com/farghonashaharkengashi/) |🇺🇿 E-kengash.uz (https://kengash.gov.uz/fargonashahar)

Slide 1 of 2