Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
Mahalla yettiligi faoliyati — e’tibor markazida

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, har bir xonadon bilan individual ishlash va aholi murojaatlariga amaliy yechim topish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mahalla yettiligining samarali faoliyati, avvalo, aholining kundalik muammolarini joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishda namoyon bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1