Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Yoshlar ovozi — e’tibor va amaliy yechimda!
Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — mahalliy Kengashlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi rahbari S.Nematullayeva shahar yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va kelgusida munosib o‘rin egallashi bilan bog‘liq muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan:

Ta’lim va kasbiy rivojlanish: Yoshlarning oliy va professional ta’lim olishi, kontrakt to‘lovlari bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish, zamonaviy kasb-hunarlar hamda xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Bandlik va daromad manbalarini yaratish: Ta’lim muassasalarini tamomlayotgan yoshlarni mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda barqaror daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash: O‘z biznesini boshlash istagidagi yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish, istiqbolli biznes g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan qator murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni talab qiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar orqali yoshlarning fikr va takliflarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish maqsad qilingan.

Yoshlar bilan ochiq muloqot — ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini eshitish va amaliy yechimlarga yo‘naltirishning muhim vositasidir.