Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bag‘rikeng" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda joylardagi islohotlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 11-Bag‘rikeng saylov okrugi deputati J.Abdinazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Bag‘rikeng" mahallasida bo‘ldilar.

Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llar va kommunal tarmoqlarni yaxshilash, "Mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Tahliliy muhokamalar yakunida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish, aholining murojaatlarini tezkor hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1