Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
🏥 Tibbiy xizmat sifati e’tiborda


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-“Cho‘mishli-Taroqli” saylov okrugidan saylangan deputati F.Shermuxamedovaning saylov okrugiga qarashli hududda joylashgan Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 87-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda muassasada mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2025-yil 12-sentabrdagi VII-15-119-8-119-K/25-son qarori asosida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 87-son oilaviy poliklinika binosini ta’mirlash hamda yangi bino qurish ishlari yakunlanganligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4