Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Navbatdagi sessiya

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi soat 15:00da boʻlib oʻtadi.

🏦 Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibida:

- Bektemir tumani mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida

- “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘larni harajatga yo‘naltirish to‘g‘risida;

- Bektemir tumani bo‘yicha “Tashabbusli budjet” jarayoni 2026-yil II mavsumi doirasida deputat tashabbusi asosida qo‘shimcha g‘olib deb topilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash va moliyalashtirish to‘g‘risida;

- Bektemir tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirishda bajarilgan ishlar yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida;

- 2026-2027-yillar kuz qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan tasdiqlangan dastur ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti toʻgʻrisida;

- Bektemir tumanida sanitar-epidemiologik holat, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida;

- Tashqi reklama va e’lonlarni milliy madaniyat va til me’yorlari asosida tartibga solish. Hududidagi barcha reklama, banner va e’lonlar avvalo o‘zbek tilida, adabiy va estetik talablarga mosligini tahlil qilish va natijalari toʻgʻrisida;

- Bektemir tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va ijtimoiy yordam samaradorligi, natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida;

- Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bektemir tumanidagi Xalq qabulxonasining axborotlarini, hokim hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.

Sessiya jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bektemir tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.