Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI VA UMUMIY FOYDALANISH JOYLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova M. tomonidan ko‘p qavatli uylarning elektr ta’minoti tizimi va umumiy foydalanish joylari holati o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida elektr taqsimlash qurilmalari, muhandislik infratuzilmasi hamda aholi xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

⚖️O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ–581-son «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, umumiy mol-mulkni saqlash uning lozim darajadagi texnik holatini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni o‘z ichiga oladi. Umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan majburiy ishlar amalga oshirilishi shart.

✅Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni bartaraf etish, elektr ta’minoti tizimining texnik holatini yaxshilash va aholi uchun xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish masalalari nazoratga olindi.

Slide 1 of 1