Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
24-BAND IJROSI: TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

24-BAND IJROSI: TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
🏫 Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tumandagi barcha ta’lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash uchun zarur bo‘lgan issiqlik qozonlari holati yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Jabborova Dilnoza tomonidan 123-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
🔎 O‘rganish davomida:
▪️ issiqlik qozonlarining texnik holati;
▪️ isitish tizimlarining sozligi va ishlashga tayyorligi;
▪️ yoqilg‘i va zarur jihozlar bilan ta’minlanganlik holati;
▪️ qish mavsumida ta’lim oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari
ko‘rib chiqildi.
📋 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish hamda maktabni kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holatga keltirish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.
🌡 Ta’lim muassasalarida issiqlik tizimlarining barqaror ishlashi — o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim sharoitini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 2