Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholining bandlik holati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Yoshlar masalalari — doimiy e’tiborda
янв.21
Payshanba – “Yoshlar kuni”: muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash
янв.21
Bo‘ston tumanida “Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"MAXALLANI RIVOJLANTIRISH-JAMIYATNI YUKSALTIRISH YILI" DAVLAT DASTURI TARGʻIBOTI
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining XIX sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Аholiga tibbiy patronaj xodimlari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati nazorat tartibida o‘rganildi.
“Bir adolatchi – yuz ayolga himoyachi”

O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda ushbu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.

Xususan, O‘zbekiston “Adolat” SDP tashabbusi bilan joriy yilning fevral-mart oylarida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda joylarda aksiya doirasida davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mahallalardagi notinch oilalar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Mustafakulov tomonidan O‘zbekiston “Adolat” SDP Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Termiz shahar IIB, Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorligida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filialida partiyaning “Bir adolatchi – yuz ayolga himoyachi” loyihasi doirasida “Xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoyalaymiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda partiyaning viloyat va shahar Kengashi faollari, hamkor tashkilot vakillari, deputatlar, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali o‘qituvchi va talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda ayollarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligiga, xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida Termiz shahar IIB tomonidan mazmunli va xayotda uchraydigan achinarli haqiqat haqida videolavha namoyish etildi.

Slide 1 of 4