Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA
YOSHLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️YOSHLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Jamila Shermuhammedova hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvarxon Irgashev boshchiligida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakultetiga tashrif buyurdilar.

📝 Uchrashuv avvalida Jamila Shermuhammedova so‘zga chiqdi. Deputat o‘z nutqida Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oyalar, xususan, “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” degan ezgu da’vatning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, sifatli ta’lim olish, kitob mutolaasi, ma’naviy kamolot va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

📁 Muloqot davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, sport, madaniyat va ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlar, kutubxonalar faoliyati hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvarxon Irgashev talabalarga guruh faoliyati, uning maqsad va vazifalari, yoshlarning taklif hamda tashabbuslarini mahalliy Kengash faoliyatiga olib kirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. U yoshlarni jamiyat hayotida faol bo‘lishga va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi.

📚 Tadbirda Toshkent shahar Axborot-kutubxona markazi bo‘lim rahbari Gulhayo Mirzoyeva ham ishtirok etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikrlarini bildirdi.

💬 Ochiq va samimiy muloqot davomida talabalar ta’lim, kitobxonlik, ma’naviy rivojlanish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda jamiyat hayotidagi faollikka oid savollariga batafsil javob oldilar. Yoshlar maslahat guruhi faoliyati talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ular guruh bilan yaqindan hamkorlik qilish istagini bildirdilar.

✅ Mazmunli va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularda Vatanga sadoqat, ma’naviy qadriyatlarga hurmat, kitobxonlik madaniyati hamda faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8