35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
💊 Bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Boybuloq” mahallasi hududida joylashgan Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 80-sonli oilaviy poliklinikaning Seplon filialida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida aholining imtiyozli va bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi, mavjud dori-darmonlarning holati, ularni saqlash va fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda aholiga dori-darmon vositalarini belgilangan tartibda yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4