Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
INSON-IJTIMOIY VIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi, Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Nazirov Madamin Ma’rufjon o‘g‘li hamda Kengash kotibiyati mudiri L. Murotova bilan birgalikda Chilonzor tuman Inson — ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida markaz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda qonunchilik talablarining ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, quyidagi yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi:
🔹 keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar;
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish holati va yaratilgan sharoitlar;
🔹 rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan «Erta aralashuv» xizmati;
🔹 uch yoshgacha bo‘lgan, nogironlik belgilangan yoki rivojlanishida nuqsonlari mavjud bolalarni «Erta aralashuv» xizmati doirasida qamrab olish holati;
🔹 nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan «Kunduzgi parvarish» xizmati va uning doirasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar;
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoyalash va ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan hududiy dasturlarning ijrosi;
🔹 ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali ko‘makka muhtoj aholining ijtimoiy moslashuvini ta’minlash;
🔹 tuman va mahallalar kesimida «Davlat ta’minotidagi oila» toifasiga kiruvchi oilalar bilan manzilli ishlash holati;
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar;
🔹 «Teng imkon — inklyuziv bandlik» dasturi doirasida 2026-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan manzilli ishlash, ularga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda jamiyatga moslashuvini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
📊 Shuningdek, Inson — ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan qonunning amalga oshirilgan ishlar, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazilib, deputatlarga batafsil ma’lumotlar berildi.
⚖️ O‘rganish davomida deputat Nazirov Madamin Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.01.2014 yildagi O‘RQ-364-son. Vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi qonunning ijrosi, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati va ijtimoiy xizmatlarning manzilliligiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi — aholi manfaatlarini ta’minlash, muammolarni o‘rganish va ularning yechimi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 6