Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “14-A.Ikromov” saylov okrugi deputati D.Xamraqulov, tuman Kengashi deputati L.Mamasoliyeva hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi “Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

📊 O‘rganish davomida “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini Bo‘ston dahasi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan renovatsiya loyihasi, xususan, ma’nan eskirgan ko‘p kvartirali uylar o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli turar joylarni barpo etish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

➡️ Hozirda hududdagi eskirgan ko‘p kvartirali uylar buzilib, ularning o‘rnida zamonaviy, qulay va zamon talablariga javob beradigan ko‘p qavatli turar joylar barpo etish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

➡️ O‘rganish yakunida loyihada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4