Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar davom ettirildi.

Navbatdagi o‘rganish Guliston mahallasida aholining ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishlarida olib borildi. Jarayonda mahalla ijtimoiy xodimi Atadjanova Nargizaxon Nazirjonovna faoliyati ham o‘rganildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Guliston mahallasida 4150 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 1471 ta xonadon va 1521 ta oila mavjud. Shuningdek, mahallada 156 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi.

O‘rganish davomida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirda reyestrda jami 175 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 58 tasi davlat ta’minotida, 107 tasi kambag‘al oilalar, 10 tasi esa kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

Aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar ham joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Guliston mahallasida tashkil etilgan “Moxirabonu fayz” shirinliklari oilaviy tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishildi. Oilaviy tadbirkor Xalilova Ra’noxon tomonidan tashkil etilgan pishiriq sexida hozirda 6 nafar ishchi hamda 2 nafar shogird mehnat qilmoqda.

Tadbirkorning ma’lum qilishicha, sexda tayyorlanayotgan pishiriqlar ichki bozorda dilerlar orqali sotuvga chiqarilmoqda. Faoliyatni kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida yana 6 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ushbu ish o‘rinlariga fuqarolarni ishga jalb etish rejalashtirilgan.

Mazkur faoliyat mahallada aholi, ayniqsa, mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Deputat tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini mahalla hududidagi ishsiz va daromad manbasiga muhtoj fuqarolarni ishga jalb etish orqali to‘ldirish masalasiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan individual ishlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan monitoring olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 4