Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 15-Istiqlol saylov okrugi deputati U.Xudoyqulov tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari bevosita tinglandi. Uchrashuvda aholini qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Murojaatlar belgilangan tartibda qayd etilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar taqdim etildi.

💬 Saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini eshitish va muammolariga yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🇺🇿 Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hududdagi dolzarb masalalarni hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5