Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
🔰Oydin mahallasida soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

🔰Oydin mahallasida soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Muzaffarova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Oydin mahallasida soliq inspektori tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarning ijrosi holati o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida soliq inspektorining mahallada soliq ma’murchiligini samarali tashkil etishi, fuqarolar va tadbirkorlar bilan ishlash, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishi hamda belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi.
➡️Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Faoliyatda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi va tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda soliq sohasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
➡️Bunday o‘rganishlar mahallalarda davlat xizmatlari samaradorligini oshirish, soliq intizomini mustahkamlash va aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4