Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalar, mavjud muammolar va aholi manfaatlariga daxldor holatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida saylov okrugi hududidagi deputatga biriktirilgan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, jumladan, sanitariya-gigiyena talablari va o‘quvchilar uchun xavfsiz muhitni ta’minlash holatiga ham e’tibor qaratildi. Jarayonda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi shifokori ham hamroh bo‘ldi.

Shuningdek, maktab jamoasi — ustoz va murabbiylar bilan suhbat o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ–393-son “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan talablar hamda ularning bugungi kundagi amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur qonunning asosiy maqsadi aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Unda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, sanitariya madaniyatini oshirish, davlat sanitariya nazoratini ta’minlash kabi muhim vazifalar belgilangan.

Ta’lim muassasalarida ushbu talablarning bajarilishi ayniqsa muhim. Chunki o‘quvchilarning salomatligi, maktabdagi sanitariya holati, tozalik, ichimlik suvi, ovqatlanish va boshqa kundalik sharoitlar bevosita sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bilan bog‘liq.

Muloqot davomida ustoz va murabbiylarning bu boradagi mas’uliyati, o‘quvchilarda sanitariya madaniyatini shakllantirish, gigiyena qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Deputatlik o‘rganishining mazkur yo‘nalishi qonunda belgilangan talablarning joylardagi ijrosini ko‘rish, mavjud masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga qaratildi.

Zero, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik — faqat tibbiyot sohasi vakillarining emas, balki ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat, mas’ul tashkilotlar va keng jamoatchilikning hamkorlikdagi mas’uliyatidir. Bu boradagi deputatlik nazoratining asosiy maqsadi esa qonun talablarining qog‘ozda emas, balki kundalik hayotda to‘liq ishlashini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 9