Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi


✅Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zLiDep partiyasidan18-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat A.Turdiboyevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida aholi bandligi masalalari o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga muvofiq, hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olinganligi ma'lum bo'ldi.

♻️Mazkur rejaga ko‘ra, 2026-yil davomida jami 28 101 nafar aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan:
🔹Doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha – 4 039 ta;
🔹“Loyihaviy yondashuv” va infratuzilma loyihalari orqali – 18 743 ta;
🔹Ish o‘rinlarini “soya”dan chiqarish hisobiga – 5 319 ta.

Slide 1 of 3