Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI VA IJOBIY HAL ETILDI

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI VA IJOBIY HAL ETILDI


Aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy murojaatlarini amaliy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashining "7-Tortuli” saylov okrugidan saylangan deputati M.Ashurov tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Shabnam” mahallasida aholi bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi hamda hokim yordamchisining faoliyati, mahallada aholi bilan ishlash holati, fuqarolarning murojaatlari va hududda mavjud muammolar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat tomonidan mahalla faollari bilan suhbatlashilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning taklif va muammolari tinglandi. Muloqot davomida murojaat qilgan fuqarolardan birining subsidiya olish bo‘yicha murojaati ham atroflicha o‘rganildi.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilib, fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Fuqaroga o‘zini o‘zi band qilish va daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun tikuv mashinasi ajratilishi belgilandi.

Bu kabi amaliy yordamlar, avvalo, fuqarolarning bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va aholining farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan o‘tkazilgan mazkur o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarining ijrosini nazoratga olish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish belgilandi.

Aholi bilan muloqot — muammoni aniqlash, muammoni aniqlash esa uning yechimini topishning muhim qadamidir. Deputatlarning saylovchilar bilan muntazam uchrashib, ularning murojaatlarini tinglashi va amaliy yordam ko‘rsatishi xalq vakilligining muhim ko‘rinishidir.

Slide 1 of 4