Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA
DEPUTAT TASHABBUSI: DUAL TA’LIM — AMALIYOT BILAN UYG‘UN!

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonovaning tashabbusi bilan dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda, deputat Dilafruz Qurbonova Andijon shahridagi 56-sonli hamda “Orzular kemasi” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.

Tashrif davomida amaliyot shartnomasi asosida dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilarning amaliyot jarayonlari, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari o‘rganildi.

Dual ta’lim — nazariy bilimni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashning samarali yo‘li.

Deputat tashabbusi — yoshlar kelajagi uchun amaliy qadam!

Slide 1 of 3