35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA
HAFTALIK ISH REJASI IJROSI.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev va S.Abduvaliyevalar tomonidan Sardoba tumanida 2026-yilda jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi VII-30-56-9-127-K/26-sonli qaror ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur qaror asosida Sardoba tumani “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil bog‘” barpo etish uchun ajratilgan 250 mln so‘m mablag‘ning maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijasida loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar belgilangan talablar darajasida tashkil etilmagani, ishlar sur’ati pastligi va ajratilgan mablag‘lar doirasida ko‘zda tutilgan vazifalarning ijrosi qoniqarsiz holatda ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan mas’ullarga qaror talablaridan kelib chiqqan holda loyiha ijrosini jadallashtirish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Slide 1 of 5