35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-22-46-1-19-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kengash raisi M.Tuychiyeva va doimiy komissiya raisi Sh.Mamarizayev tomonidan nazorat tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi tashabbuslari — mahalla taraqqiyoti sari muhim qadam
янв.21
Aholi tashabbuslari — mahalla taraqqiyoti sari muhim qadam
“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun — aholi salomatligi va farovonligining muhim kafolati

 “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun — aholi salomatligi va farovonligining muhim kafolati

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.N.Tursunqulovning O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevraldagi O‘RQ-1023-son “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan maqolasi.

✅ Mazkur Qonunning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun aholining sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlanishiga qaratilgan.

✅ Qonunda oziq-ovqat xavfsizligi, xavfsiz ovqatlanish, oziq-ovqat balansi, davlat zaxirasi kabi muhim tushunchalarga huquqiy ta’riflar berilgan. Xususan, oziq-ovqat xavfsizligi aholining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun to‘liq hamda uzluksiz ta’minlanishini anglatadi.

✅ Qonunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari ham belgilangan. Jumladan, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligi haqidagi axborotning ochiqligi va shaffofligi, oziq-ovqat mahsulotlaridan oqilona foydalanish hamda aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashda kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik muhim prinsiplar sifatida qayd etilgan.

✅ Shuningdek, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatorida oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosining zarur zaxiralarini shakllantirish, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda va uzluksiz ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish, mahsulotlarning sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya talablariga muvofiq ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish belgilangan.

✅ Mazkur Qonunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlari bilan bir qatorda, iste’molchilar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdan tortib, ularni saqlash, tashish va iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarda xavfsizlik talablariga rioya etishning huquqiy asosini mustahkamlaydi.

✍✍✍ Oziq-ovqat xavfsizligi — bu nafaqat yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, balki ularning sifati, xavfsizligi, aholiga barqaror va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan muhim masaladir.

✅ Qonun 2025-yil 6-avgustdan kuchga kirgan.

Slide 1 of 1