Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” Davlat dasturi ijrosi Bo‘ston tumanida amalda
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglaridagi umumta’lim maktablarida PQ-53-sonli qarori ijrosi yuzasidan bitiruvchi o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 31-yanvardagi 22-sonli qarori ijrosi Bo‘ston tumanida amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlari saylovchilar oldida axborot bermoqda.
янв.21
Хalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Маҳалла шифохона пунктлари"лари фаолиятини депутатлик назорати тартибида ўргандилар
янв.21
Бўстон тумани депутати ташаббуси билан ёшлар саёхати уюштирилди
янв.21
Депутат ташаббуси
янв.21
Депутат ва ёшлар
янв.21
Аҳолини қийнаб келаётган муаммолар ечилмоқда
"Shahrimiz obodligiga barchamiz masʼul!"

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati S.Donishev tashabbusi va "Jizzax ovozi" gazetasi tahririyati hamkorligida "Shahrimiz obodligiga barchamiz masʼul!" deb nomlangan videoroliklar ssenariysi uchun tanlov eʼlon qilindi. Eng yaxshi, deb topilgan takliflar asosida videoroliklar tasvirga olinib, mahalliy telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilishi ham ko‘zda tutilgan. Talablar asosida tahririyatga 20 ga yaqin materiallar kelib tushdi. Ssenariylar o‘rganilib, tahlil qilindi va g‘oliblar aniqlandi. 

4-fevral kuni tanlovning yakuniy taqdirlash bosqichi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tanlovga o‘z ishlarini yuborgan blogerlar, taniqli jurnalistlar qatorida yosh, havaskor ekologlar - maktab o‘quvchilari ham borligi bizni quvontirdi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, o‘zida o‘nga yaqin videorolik ssenariysini jamlagan materiallarni yuborgan Asal va Timur Shuhratovalar g‘olib, deb topildi. G‘oliblarga “Jizzax ovozi” tahririyati nomidan maxsus statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi. Kelgusida g‘olib bo‘lgan bolajonlar ishtirokida tahririyat va viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida videorolik tasvirga olinishi rejalashtirildi. 

Slide 1 of 5