Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Maqola

Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va sug‘oriladigan yer maydonlarining cheklanganligi sharoitida suvdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, sug‘oriladigan yerlarda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. 

Suv tejovchi texnologiyalar - ekinlarni sug‘orish jarayonida suv sarfini kamaytirish, uning yo‘qotilishini oldini olish va o‘simliklarni zarur miqdorda suv bilan ta’minlashga qaratilgan zamonaviy usullar majmuidir. Bunday texnologiyalardan foydalanish nafaqat suv resurslarini tejaydi, balki hosildorlikni oshirish, mehnat va energiya sarfini kamaytirish imkonini ham beradi.

Tomchilatib sug‘orish - eng samarali usullardan biri.

Suv tejovchi texnologiyalar orasida tomchilatib sug‘orish alohida o‘rin tutadi. Bu usulda suv maxsus quvurlar va tomizg‘ichlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlikning ildiz qismiga yetkazib beriladi. Natijada suvning ekin maydoni bo‘ylab ortiqcha oqib ketishi, bug‘lanishi va chuqur qatlamlarga singib ketishi kamayadi. 

Tomchilatib sug‘orishda o‘simlikning rivojlanish bosqichiga qarab suv miqdorini aniq belgilash mumkin. Bu esa suvdan maqsadli va tejamkor foydalanish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, o‘simliklarni oziqlantirish jarayonida mineral o‘g‘itlarni suv bilan birga berish ham mumkin.

Jawınlatıp suwg‘arıw texnologiyası

Ayrim qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish usuli ham samarali hisoblanadi. Bunda suv maxsus qurilmalar orqali maydonga mayda tomchilar ko‘rinishida sepiladi. Bu usul tabiiy yog‘ingarchilik jarayoniga o‘xshash bo‘lib, suvning bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi.

Yomg‘irlatib sug‘orish ayniqsa sabzavot, poliz va boshqa ekinlarni sug‘orishda qo‘llanilishi mumkin. Texnologiyadan to‘g‘ri foydalanish natijasida suv sarfi me’yorlashtiriladi va ortiqcha sug‘orishning oldi olinadi. 

Lazerli tekislash va yer maydonlarini samarali boshqarish Suv tejamkorligi nafaqat sug‘orish inshootlariga, balki yerning holatiga ham bevosita bog‘liq. Sug‘oriladigan maydonlarni lazer texnologiyalari yordamida tekislash suvning dala bo‘ylab bir tekis taqsimlanishiga yordam beradi.

Notekis yerlarda suv ba’zi joylarda ko‘p, boshqa joylarda esa kam to‘planishi mumkin. Bu esa ortiqcha suv sarfi va ekinlarning notekis rivojlanishiga olib keladi. Shu bois zamonaviy lazerli tekislash texnologiyalaridan foydalanish suvdan samarali foydalanishning muhim shartlaridan biridir. 

Avtomatlastırılgan suwgariw sistemalarının ahamiyati Bugungi kunda qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sug‘orish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlari kengaymoqda. Tuproq namligini o‘lchovchi sensorlar, avtomatik boshqaruv qurilmalari va meteorologik ma’lumotlar asosida ekinlarga qancha suv kerakligini aniqlash mumkin. 

Bunday tizimlar fermerga suvni ehtiyojga qarab berish imkonini yaratadi. Natijada ortiqcha sug‘orishga yo‘l qo‘yilmaydi, suv va elektr energiyasi tejaladi, ekinlarning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratiladi.

Suwdi únemlewshi texnologiyalardin ekonomikalıq nátiyjesi.

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati faqat suvni tejash bilan cheklanib qolmaydi. Ushbu texnologiyalar:

suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi; ekinlar hosildorligini oshirishga xizmat qiladi; mehnat sarfini kamaytiradi;

nasoslardan foydalanishda elektr energiyasini tejash imkonini beradi; tuproq sho‘rlanishi va botqoqlanishining oldini olishga yordam beradi; mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish imkoniyatini oshiradi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxini pasaytirishga xizmat qiladi. 

Shuningdek, suvdan tejamli foydalanish kelajak avlodlar uchun suv resurslarini asrab-avaylashda ham muhim ahamiyatga ega.

Suvni tejash - nafaqat bugungi kun ehtiyoji, balki kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizdir.

R.Urazimbetova

Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi deputati